Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganliklar endi pasport olish uchun «pasport stol»ga borishi shart emas

Namanganliklar endi pasport olish uchun «pasport stol»ga borishi shart emas

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Namangan aholisi pasport bo‘limlarida hatto skameyka ham yo‘qligini muhokama qilishib, uzun navbatlardan nolib murojaat qilishgandi. Hatto ayrim fuqarolar pasport berishni davlat xizmatlari markazlariga o‘tkazish haqida taklif ham bergandilar.

Respublika IIV bilan hamkorlikda aholiga qulaylik yaratish, ularni uzundan-uzoq navbatda turishlari, ortiqcha vaqt sarf qilishlarining oldini olish maqsadida muqobil tarzda Namangan shahar davlat xizmatlari markaziga 1 dona ko‘chma qurilma o‘rnatildi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tezkor, qulay va shaffof xizmatlar soni yana bittaga ortdi.

Adliya vazirligidan «Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, endi hudud aholisi biometrik pasportni Namangan shahar davlat xizmatlari markazlari orqali olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) aholini 2018-yilning 1-iyuliga qadar eski pasportini yangi biometrik pasportga almashtirish lozimligi haqida ogohlantirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring