Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT sohasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkaziladi

AKT sohasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkaziladi

Foto: «Uza.uz»

Shu yilning 30-mart kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bo‘sh ish o‘rinlari namoyishiga bag‘ishlangan mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi. Bu haqda AKT vazirligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirning maqsadi kompaniya, tashkilot va korxonalarga, davlat idoralariga zamonaviy bilimlarga ega iste’dodli va istiqbolli kadrlarni jalb qilish, yosh mutaxassislarga ishga joylashishda ko‘maklashishdan iborat.

Yarmarkada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi 100 ta korxona va muassasalar, shuningdek davlat organlari mavjud ish o‘rinlari bilan qatnashadilar.

Bu yilgi yarmarkada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadr tayyorlovchi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, uning hududiy filiallari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, jami 2600 dan ziyod yoshlarning ishtiroki kutilmoqda. AKT sohasida bilim va ko‘nikmaga ega mutaxassislar yarmarkaga taklif qilinadi.

Mehnat yarmarkasi Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport majmuasida soat 10:00 dan ish boshlaydi. Manzil: Amir Temur shoh ko‘chasi, 108-uy).

Shuningdek, mehnat yarmarkasi bir vaqtning o‘zida yurtimizning quyidagi manzillarida bo‘lib o‘tadi:

Samarqand: TATUning Samarqand filiali (Shohruh Mirzo ko‘chasi, 37a-uy)

Farg‘ona: TATUning Farg‘ona filiali (Mustaqillik ko‘chasi, 185a-uy)

Qarshi: TATUning Qarshi filiali (Beshkent trassasi 3 km)

Urganch: TATUning Urganch filiali (Urganch shahri, Al-xorazmiy ko‘chasi, 110-uy)

Nukus: TATUning Nukus filiali (Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi, 74-uy)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring