Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Buni to‘xtatish kerak» — PSJ prezidenti «Real»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida

«Buni to‘xtatish kerak» — PSJ prezidenti «Real»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida

Foto: «Eurosport»

PSJ klubi prezidenti Nosir Al-Halafi Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichining birinchi uchrashuvida uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.

Bilasiz, Madridda o‘tkazilgan uchrashuvda Ronaldu va Marseloning gollari evaziga «Real» 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

«O‘tgan yili ham «Barselona» bilan xuddi shunday bo‘lgan edi. Bu yil esa «Real» bilan. Biz «Real» emasmiz, ammo buni to‘xtatish kerak. «PSJ» futbolchilariga ko‘rsatilgan ikki sariq kartochka adolatli emasdi, Mbappe esa o‘yindan tashqari holatda emasdi.

Men hakamlar tufayli yutqazdik, demoqchi emasman, ammo mana shunaqa kichik detallar ham «Real» kabi katta klublar yordamiga xizmat qilmoqda», — dedi PSJ prezidenti.

Ikki jamoa o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6-mart kuni o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring