Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniya Yevropa bojxona ittifoqidan chiqib ketadi

Buyuk Britaniya Yevropa bojxona ittifoqidan chiqib ketadi

Foto: «News.bg»

Buyuk Britaniya savdo vaziri Liam Foksning aytishicha, «Brexit» (Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishi jarayoni)dan so‘ng mamlakatning Yevropa bojxona ittifoqi tarkibida qolish imkoni yo‘q.

«Biz mustaqil iqtisodiy siyosat yuritamiz. Shu tufayli Britaniyaning yagona markaz tomonidan boshqariladigan ittifoqda qolishi mantiqsizlikdir. Yevropa Ittifoqidan chiqishimizning sabablaridan yana biri shuki, o‘z bozorimizni o‘zimiz nazorat qilish niyatidamiz. Bu ishni bojxona ittifoqi tarkibida turib amalga oshirib bo‘lmaydi», — deya Foksning so‘zlarini keltirmoqda «Bloomberg TV».

«Vesti. Ekonomika» nashrining yozishicha, Yevropa Ittifoqi Buyuk Britaniyaga ittifoqdan chiqqanidan keyin ham 21 oy davomida a’zolik imtiyozlaridan foydalanishni taklif etgan. Bu taklif «Brexit»dan keyingi moslashuv jarayoni yengilroq o‘tishi uchun bildirilgan. Ammo Londonning mazkur muddatda Yevropa Ittifoqi qonunlarini o‘z hududida bekor qilish g‘oyasini rad etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring