Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV Samarqanddagi suv toshqinlari yuzasidan ma’lumot berdi (foto)

FVV Samarqanddagi suv toshqinlari yuzasidan ma’lumot berdi (foto)

Foto:«Fvv.uz»

O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi bugun Samarqand shahrida kuzatilgan holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Joriy yilning 29-mart kuni boshlangan surunkali yomg‘ir yog‘ishi natijasida, Samarqand shahrining «Buyuk Ipak yo‘li», «Afrosiyob», «M.Qoshg‘ariy», «Mir Said Baraka», «Obi Rahmat», «Muqimiy», «O‘zbekiston», «A.Temur», «Konimex», «Mulyon-Sochaki bolo» chorrahasidagi ko‘chalariga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatilgan.

Foto:«Fvv.uz»

Bundan tashqari, shahardagi ayrim hovlilariga oqava suvlari kirish holatlari ham bo‘lgan. 

Foto:«Fvv.uz»

«Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Samarqand shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat «Suvoqava» DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi» deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring