Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Mobicon 2018»da «Select Communication Group» boshqaruv hamkori Viktor Yeliseyev ishtirok etadi

«Mobicon 2018»da «Select Communication Group» boshqaruv hamkori Viktor Yeliseyev ishtirok etadi

11 oktyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Mobicon 2018» mobil konferensiyasi doirasida «Select Communication Group»ning (Qozog‘iston) boshqaruv hamkori Viktor Yeliseyev ishtirok etadi. Viktorning chiqishi soat 10:05 ga belgilangan bo‘lib, spiker «Internet-marketingda sotishning avto-voronkasini tashkil qilish» xususida so‘zlaydi.

Viktor Yeliseyev – marketing, media va PR sohasida 20 yillik tajribaga ega mutahassis, «SBS Swiss Business School» (Syurix) biznes boshqaruvi doktori, «Select Communication Group rahbari». Media-menedjer, tele-prodyusser hamda «O‘z noming yordamida qanday pul ishlasa bo‘ladi» kitobi muallifi. 

Eslatib o‘tamiz, anjuman 11 oktyabr kuni soat 09:30 da boshlanib, soat 17:00 da homiylar tomonidan o‘ynaladigan qimmatbaho sovg‘alar bilan yakunlanadi. 

Konferensiya eshiklari 08:30 dan ochilib, birinchi tashrif buyuruvchi mehmonlarni «Beeline Uzbekistan» kompaniyasi tomonidan internet-sovg‘alar kutmoqda.

Ishtiroki rejalashtirilgan spikerlarning to‘liq ro‘yxati bilan konferensiya rasmiy sayti – «Mobicon.uz»da tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring