Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida yana bir adliya bo‘limi ish boshladi

Toshkent viloyatida yana bir adliya bo‘limi ish boshladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga muvofiq, tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari shakllantirilgan bo‘lib, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida ham birinchilar qatorida Adliya bo‘limi tashkil qilindi va xodimlar tayinlanib, mehnat faoliyatini boshladi.

Adliya bo‘limining asosiy vazifalaridan biri hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ko‘llash masalalari bo‘yicha maslahatlar berishdan iborat.

Shuningdek, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, «respublika — viloyat — tuman — mahalla» prinsipi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, O‘rtachirchiq tuman Adliya bo‘limiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlar qabul qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring