Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy sirkida sher va yo‘lbarsning birvarakayiga qilgan hujumidan ot zo‘rg‘a omon qoldi (video)

Xitoy sirkida sher va yo‘lbarsning birvarakayiga qilgan hujumidan ot zo‘rg‘a omon qoldi (video)

Foto: «Xabar.uz»

Xitoy sirkida navbatdagi tomosha uchun tayyorgarlik ko‘rilayotgan paytda sher bilan yo‘lbars birgalikda otga hujum qildi. «Daily Mail» bu holat aks ettirilgan videoni namoyish qildi.

Xebey muzofotidagi Sanchjou shahri sirkida bo‘lib o‘tgan bu voqea sirk arenasida yuz bergan. Ot qochishga harchand urinmasin sher va yo‘lbars goh navbati bilan, gohida birgalikda unga tashlanaverdi. Sirk ishchilarining qarshiligiga qaramay sher va yo‘lbars tinchlanishni istamadi. Bechora ot bir necha joyidan yaralanib, oxir-oqibat qochib qutulishga muvaffaq bo‘ladi.

Video namoyish etilganidan so‘ng juda ko‘pchilik hayvonlarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘linganidan norozilik bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring