Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zambarakning o‘qi

Zambarakning o‘qi

Foto: «Sabah»

Rossiyaning Novorossiysk shahridagi savdo majmuasi binosi yonida barpo etilayotgan inshoot ostidan Ikkinchi jahon urushidan qolgan zambarak o‘qi topildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Zambarak o‘qini ko‘rgan quruvchilar hayratga tushib, darhol politsiyaga xabar berishdi.

Politsiya xodimlari o‘qni ko‘rib, atrofdagi binolardan odamlarni xavfsiz joyga ko‘chirdi.

Ikkinchi jahon urushidan qolgan uchta zambarak o‘qi bino ostidan chiqarib olindi.

Avval ham Rostov shahrida topilgan zambarak o‘qining portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring