Netanyahu Eron bo‘yicha asosiy maqsadini ochiqladi
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o‘z mamlakatining asosiy tashqi siyosat maqsadi Erondagi rejimni o‘zgartirish ekanligini ta’kidladi.
Uning fikricha, bu maqsadga endi «erishish mumkin».
«Men bu tahdidni bir marta va butunlay yo‘q qilish qobiliyatimizga ishonaman — boshqacha aytganda, bu rejimni ag‘darish... Bu imkonsiz emas. Bunga butunlay erishish mumkin», dedi Netanyaxu Isroil Mudofaa Kuchlari Bosh shtabi forumida Rosh Xashana (yahudiylarning Yangi yili) munosabati bilan so‘zlagan nutqida (The Times of Israel iqtibos keltirgan).
Isroil Bosh vaziri Eron hukumati endi «har qachongidan ham zaifroq» va «omon qolish uchun kurashayotganini» ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, 2023 yil 7 oktyabrda boshlangan mamlakatning barcha harbiy operatsiyalari Eron tahdidini zaiflashtirdi.
Isroil va Qo‘shma Shtatlar 28 fevral kuni Eronga qarshi hujum boshladilar. Isroil boshidanoq operatsiyaning maqsadi Eronda hukumat o‘zgarishini amalga oshirish ekanligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, Isroil mamlakat yadroviy dasturini butunlay to‘xtatishni talab qilmoqda va barcha boyitilgan uranni yo‘q qilish niyatida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter