Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘zgardi

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘zgardi

Muxtor Tleuberdi.

Foto: Xabar.uz

Muxtor Tleuberdi Qozog‘iston prezidenti farmoniga asosan mamlakat tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Qozog‘istonning Avstriyadagi elchisi lavozimidan ozod etildi.

Muxtor Tleuberdi 2025-yil sentyabrdan buyon Qozog‘iston TIVga rahbarlik qilib kelgan Yermek Kosherbayevning o‘rnini egallamoqda.

1968-yilda tug‘ilgan Muxtor Tleuberdi 2019-2023-yillarda ham Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan edi. Tajribali diplomat turli yillarda Qozog‘istonning Malayziya, Indoneziya, Bruney, Filippin, Shveysariya, Avstriya, Lixtenshteyn va Vatikandagi elchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.

Ma’lumot o‘rnida: joriy yil 23-avgust kuni Qozog‘istonning yangidan ta’sis etilgan bir palatali parlamenti – Qurultoyga ilk saylov bo‘lib o‘tdi. Saylov ortidan Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimi joriy etildi. Qosim-Jo‘mart To‘qayev mazkur lavozimga Prezident administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Yerlan Qarinni tayinladi.

Siyosiy o‘zgarishlar fonida 2024-yil fevraldan buyon Qozog‘iston bosh vaziri lavozimida ishlab kelayotgan O‘ljas Bektenov o‘z lavozimini saqlab qoldi.

Qozog‘iston matbuoti xabar berishicha, so‘nggi kunlarda mamlakat hukumati tarkibida bir qator o‘zgarishlar ro‘y bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring