Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB «Bunyodkor» eshiklarini muhrlab ketdi. Klub hisob raqami «muzlatilishi» mumkin

MIB «Bunyodkor» eshiklarini muhrlab ketdi. Klub hisob raqami «muzlatilishi» mumkin

Foto: Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

«Bunyodkor» futbol klubi eshiklarini MIB muhrlab ketdi. Ayni vaqtda ofisda ish to‘xtagan. Bunga «Bunyodkor»ning sobiq murabbiyi Sergey Lushchandan qarzdorligi sabab bo‘lgan.

Bu haqda PFL xodimi Diyor Imomxo‘jayev o‘z kanalida shunday deydi:

«Sergey Lushchan qarzdorligi bo‘yicha avval yozgandim. Murabbiy O‘FA qo‘mitalarini chetlab o‘tib, davlat organlariga murojaat qilgani uchun, «Bunyodkor»ning undan qolib kelayotgan qarzdorlik masalasi O‘FA tomonidan o‘chirilgandi.

Sababi oddiy. Birinchidan, FIFA nizomlariga ko‘ra ishning ko‘rilish ketma-ketligi O‘FA, FIFA, Sport arbitraj va hokazo bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, sud yoki prokuratura kabi organlar nodavlat-notijorat tashkilot hisoblanmish O‘FAdan yuqori turadi, demak, ularning qarori bo‘yicha ish ko‘riladi.

Aslida Lushchan «Bunyodkor» futbol klubidan 800 million so‘m da’vo qilgan bo‘lsa-da, ish sudda ko‘rib chiqilganidan so‘ng qarzdorlik 350 million so‘m ekani aniqlandi va qaror chiqarildi. Keyin esa klub oldiga muhlat berilgan. Kecha mana shu muhlat o‘z yakuniga yetdi va «Bunyodkor» pulni to‘lay olmadi. Oqibatda Lushchanning advokati guvohligida «Bunyodkor» ofisidagi barcha xonalar MIB ishtirokida muhrlandi, ayni vaqtda klubda faoliyat olib borish imkoniyati mavjud emas. Katta ehtimol bilan jamoaning hisob raqami ham «muzlatiladi».

Ichki audit tekshiruvi, davlat korxonasi tomonidan berilayotgan mablag‘ qanday ishlatilayotgani nazorat qilib borilmaganining oqibati bu. Shuning uchun ham OFK yilda ikki marta audit tekshiruvini talab qiladi.

Lushchan qaysi yillarda jamoada ishlagani, o‘sha vaqtlarda nimalar bo‘lgani masalasidan tekshiruv zarur. Ayni vaqtdagi rahbariyat esa o‘sha ishlar uchun badal to‘layapti».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring