Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BYD 22 mamlakatda sotuvlar bo‘yicha Tesladan o‘zib ketdi

BYD 22 mamlakatda sotuvlar bo‘yicha Tesladan o‘zib ketdi

Foto: Bloomberg.com

Nikkei Asia tomonidan S&P Global Mobility ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, Xitoyning BYD kompaniyasi 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrda dunyoning 22 ta mamlakati va mintaqasida sotuvlar bo‘yicha Teslani ortda qoldirdi.

BYD 2021-yildan buyon 113 ta mamlakat va mintaqa bozoriga kirib bordi.

Kompaniya nafaqat rivojlanayotgan davlatlarda, balki Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya kabi Yevropa mamlakatlarida, shuningdek, hashamatli avtomobillar bozori hisoblangan Gonkong va Singapurda ham Tesladan o‘zib ketdi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, BYD jami 2,26 million dona elektromobil sotib (Tesla — 1,64 mln), ilk bor yillik sotuvlar bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi.

Xabarlarga ko‘ra, Xitoy ichki bozorida raqobatning kuchayishi va sotuvlar o‘sishi susayishi kompaniyani tashqi bozorlarga ko‘proq e’tibor qaratishga majbur qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring