O‘zbekistonda elektromobillar savdosi qariyb ikki barobarga oshdi
O‘zbekistonda elektromobillarga bo‘lgan talab keskin o‘smoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil aprel oyida respublika bo‘yicha 8,1 mingta elektromobil sotilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki barobarga ko‘p ekani qayd etilgan.
Tahlilchilarga ko‘ra, elektromobillar segmenti mamlakat yengil avtomobillar bozorida eng yuqori o‘sish sur’atlarini namoyon etishda davom etmoqda.
Eng katta savdo hajmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda 5,56 mingdan ortiq elektromobil sotilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston elektromobillar bozorining qariyb 70 foizini tashkil qilgan.
Hududlar orasida Toshkent viloyati va Farg‘ona viloyati ham yetakchilik qilgan. Ularda mos ravishda 573 ta va 464 ta elektromobil sotilgan.
Shu bilan birga, yillik hisobda elektromobillar savdosi deyarli barcha hududlarda o‘sgan. Faqat Samarqand viloyatida bozor faolligi o‘tgan yilga nisbatan 34 foizga kamaygan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter