Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zangiotada bir xonadonda 5 nafar qiz is gazidan vafot etdi

Zangiotada bir xonadonda 5 nafar qiz is gazidan vafot etdi

Foto: «Gazeta.uz»

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 5 nafar qiz is gazidan zaharlanib vafot etdi. Fojiali hodisa 2018-yilning 27-dekabr kuni kechasi sodir bo‘lgan. Buni «Xabar.uz»ning hokimlikdagi manbasi tasdiqladi.

«UzNews.uz»ning aniqlik kiritishicha, 4 nafar qiz bir xonadonda yashagan (aka-ukaning farzandlari). Shu kuni ularnikida yana bir qiz mehmonda bo‘lgan. Kechasi qizlar o‘z xonasiga uxlagani kirishgan. Yarim tunda bolalarning onasi xonaga kirganida qizlar behush holda yotgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 4 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etishgan.

Mazkur hodisaga huquqni muhofaza qilish organlari va sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan rasman izoh berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash fojia 2018-yilning oktyabr oyi oxirida poytaxtning Chilonzor tumanida ham sodir bo‘lgandi. O‘shanda bir oilaning 4 nafar farzandi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgandi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring