Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Asalhoney»ning qotili uni qanday o‘ldirganini gapirib berdi

«Asalhoney»ning qotili uni qanday o‘ldirganini gapirib berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Asalhoney» nomi bilan mashhur bo‘lgan insta-blogerning qotilligida gumondor qo‘lga olindi. 

U Karimbergan ismli shaxs bo‘lib, Xorazm  viloyati tug‘ilgan. Gumonlanuvchi hodisa qanday yuz berganini so‘zlab berdi, deb xabar qilmoqda «Bu kun».

Qotil 25 yoshda bo‘lib, u 2021 yil yoz oyida Asal Xo‘jayeva bilan tanishgan. So‘ngra u bilan uchrashish uchun 300 AQSh dollariga kelishgan. Lekin bu pul unda yo‘qligi bois, 2022 yil fevralida yana qo‘ng‘iroq qilib, moddiy sharoitini tushuntiradi. Xo‘jayeva esa uni haqorat qilgan. Karimbergan esa Xo‘jayevaning yashash manzilini kuzatib borgan. 

So‘ng uning uyiga bostirib kirib, pichoq bilan qorin sohasiga zarba bergan va bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shuningdek, xonadondagi 31 million so‘m, Xo‘jayevaning bank kartasidagi bir million so‘mdan ziyod pulni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, ertalabgacha xonadonda qolib, bu pullarni onlayn qimor o‘yinlariga sarflagan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Asal Xo‘jayevaning murdasi o‘ldirilgandan bir kun ko‘p va uch kundan kam muddatda aniqlangani aytilgan. 

Hozirda ayblanuvchiga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi bilan ayblov e’lon qilingan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring