Hojatxonaga tushib ketgan bolakay qutqarildi
Kecha, 22-may kuni soat 18:47 da Namangan viloyatining Uychi tumani «Muborak» MFY hududida joylashgan uylarning birida 2025-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola, kattalarning ehtiyotsizligi va nazoratdan chetda qolganligi sababli, hovlidagi hojatxonaga tushib ketgan. Bu haqda FVBga xabar berilgan.
Hodisa joyiga FVV qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borishgan va qutqaruv ishlarini boshlashgan. Qutqaruvchilardan biri hojatxona chuquriga tushib, bolakayni olib chiqqan.
Shifokorlar bolaga tibbiy yordam ko‘rsatgach, u yaqinlariga topshirilgan. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi, deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter