Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda sel 10 yoshli qizchani oqizib ketdi

Jizzaxda sel 10 yoshli qizchani oqizib ketdi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Jiydali qishlog‘ida 10 yoshli qizni sel oqizib ketgan. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qiz dala maydonidan mollarini uyiga haydab kelish uchun soydan o‘tayotgan vaqtida sel toshqiniga duchor bo‘lgan. M.B.ning jasadi soydan 500 metr uzoqlikdan topilgan, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalloq Zominda opa-ukalar sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring