Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda mudhish qotillik yuz berdi

Qashqadaryoda mudhish qotillik yuz berdi

Qashqadaryo viloyati Shahrisazb tumanida mudhish jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB xabar berdi.

Aniqlanishicha, 5 yanvar kuni «Loliston» mahallasida yashovchi F.Sh. va akasi F.M.lar tanishi Shahrisabz shahar «Kulolik» mahallasida yashovchi Z.R. bilan ustaxona oldida qarz munosabatlari yuzasidan kelib chiqqan adovat tufayli janjallashgan.

Z.R Sh.F.ga qarzini qaytarib berishini aytib, uni turli so‘zlar bilan haqorat qilib, o‘zaro tortishib qolishgan. Sh.F.ning jahli chiqib, uni o‘ldirish maqsadida ustaxonada bo‘lgan Z.R.ni quvib borib temir quvur bilan urib yiqitgan.

Z.R. o‘zini himoya qilish maqsadida yonidagi pichog‘ini qo‘liga olgan vaqtida Sh.F. temir quvur bilan Z.R.ning qo‘liga urib, pichoqni yerga tushirgan.

Sh.F. va Z.R.ning janjalini kuzatib turgan M.F. o‘zi ishlayotgan ustaxonasidan yog‘ochni olib, Z.R.ning boshiga bir necha marotaba urgan. Shu vaqtda Sh.F. yerda yotgan pichoqni olib Z.R.ning ko‘kragiga ikki marotaba sanchib olgan.

Ushbu pichoq dastasi va tig‘i o‘rtasidan sinib ketgani bois o‘zining jinoiy harakatlarini oxiriga qadar yetkazish maqsadida yonidagi pichoq bilan yerga qarab yotib qolgan Z.R.ning orqa ko‘kragiga 8 marotaba pichoq sanchib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring