Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozon shahridagi maktablardan birida uyushtirilgan otishmada 13 kishi qurbon bo‘ldi

Qozon shahridagi maktablardan birida uyushtirilgan otishmada 13 kishi qurbon bo‘ldi

Foto: «Og.ru»

Bugun ikki noma’lum kishi Qozon shahridagi 175-maktabda o‘qotar quroldan o‘q uzishni boshlagan. Bu haqda TASS xabar berdi.

Ulardan biri allaqachon qo‘lga olingan, u 17 yoshli o‘spirin bo‘lib chiqdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 13 kishi halok bo‘lgan va 35 kishi yaralangan.

«Ikkinchi qurolli kishi hanuzgacha maktab binosida bo‘lishi mumkin», — dedi manba.

Hozir voqea joyida tezkor xizmatlar va politsiya xodimlari ishlamoqda. Maktab hududida 20ga yaqin qutqaruv mashinalari yetib kelgan. Bolalar maktabdan evakuatsiya qilinmoqda.

Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, ba’zi o‘quvchilar otishmadan qochish uchun derazalardan sakray boshlaganlar. O‘quvchilardan ikkitasi uchinchi qavatdan sakrash natijasida halok bo‘lgan.

Hokimiyat boshqa bir maktabdagi otishma haqidagi ma’lumotni ham rad etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring