Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rahbariga it kabi fidokorlik shu bo‘lsa kerak» – Komil Allamjonov

«Rahbariga it kabi fidokorlik shu bo‘lsa kerak» – Komil Allamjonov

Foto: Kun.uz

Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati xodimi shu tumanga borgan jurnalistlarning kamerasiga tashlanib, undagi xotira kartasini chaynab, yutib yuborgani haqida xabar tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, 14 iyun kuni «My5» telekanali «Markaziy studiya» ko‘rsatuvi xodimlari Ishtixon dehqon bozoridagi oziq-ovqat rastalarida sodir bo‘lgan yong‘in tafsilotini yoritish uchun voqea joyiga borgan. Ammo bu yerda jurnalistlar tuman hokimligi axborot xizmati xodimining qarshiligiga uchragan. Voqealar tasvirga olinayotgan vaziyatda axborot xizmati xodimi kamera xotira kartasini sug‘urib olayotgani ham tushib qolgan.

«Sheriklarim uning kartani og‘ziga solib chaynab yuborganini aytmoqda. Axborot xizmati xodimi kartani chaynab yo‘q qildimi, yutib yubordimi, nima qildi, aniq bilmayman. Ammo unda juda muhim ishlarimiz bor edi», deydi «My5» muxbiri.

Hodisaga Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov munosabat bildirdi:

«Samarqandda hokimlik matbuot xizmati xodimi jurnalistning kamerasini olib, uning ichidagi fleshkasini yeb qo‘yibdi. Menimcha, unday xodimlarni qutirishga qarshi emlagan holda, psixologik shifokor ko‘rigidan o‘tkazish kerak. Juda qiziq, qonunlarda operatorning fleshkasini yeb qo‘ygan davlat idorasi xodimi uchun qanday jazo chorasi belgilangan ekan?

 Rahbariga it kabi fidokorlik shu bo‘lsa kerak. Yashayversang, ko‘raverar ekansan».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring