Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda ikki kishi botulizmdan vafot etgani ma’lum qilindi

Samarqandda ikki kishi botulizmdan vafot etgani ma’lum qilindi

2023-yilning 6-yanvar kuni Qo‘shrabod tumanida ovqatdan zaharlanish botulizm bo‘yicha 5 nafar kishi kasallangan. Shulardan 2 nafari vafot etgan.

Bu haqda Sanepidqo‘mita o‘z ogohlantirishida ma’lum qildi.

«Ovqatdan zaharlanishning eng og‘ir shakllaridan biri botulizmdir. Bu kasallik og‘ir kechishi, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin.

Afsuski, aholi o‘rtasida shuncha ogohlantirish va targ‘ibot ishlariga qaramasdan botulizm bilan bog‘liq achinarli holatlar uchramoqda.

Ovqatdan zaharlanish asosan uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida sodir bo‘ladi.

Samarqand viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi qo‘lbola usulda tayyorlangan va sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini iste’mol qilmaslikni so‘raydi!», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring