Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suv omborida suzgan «Cobalt» haqida ma’lumot berildi

Suv omborida suzgan «Cobalt» haqida ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Cobalt» avtomobili suv omborida suzib yurganligi to‘g‘risida tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 20 iyun kuni soat 13:30 da Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi «To‘dako‘l» suv omborida Buxoro viloyatida tug‘ilgan fuqaroga tegishli bo‘lgan oq rangli «Cobalt» avtomobili haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida suv omboriga oqib ketgan. Aniqlanishicha, suv ombori qirg‘og‘ida turgan avtomobilni kuchli suv to‘lqini oqim bilan ichkariga olib kirgan.

Ushbu vaziyat bo‘yicha FVVga ma’lumot kelib tushmagan va voqea joyidagi fuqarolar yordamida avtomobil suvdan chiqarib olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring