Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qora “Lacetti” YPX inspektorini urib yubordi

Qora “Lacetti” YPX inspektorini urib yubordi

Kadr iz video

Joriy yilning 22 yanvar kuni soat 17:30 larda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan Shahrisabz va Mustaqillik shoh ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati ma’lum qilishicha, Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi, 2000 yilda tug‘ilgan A.X. chorrahada harakatlanish vaqtida o‘z yo‘nalishini keskin chap tomonga o‘zgartirib, chapga burilish jarayonida chorraha markazida xizmat olib borayotgan YPX inspektorini urib yuborgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan YPX inspektoriga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ayni holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi barcha harakat qatnashchilarini yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring