Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xalq banki»ning uch nafar xodimi halok bo‘ldi. Boshqa mashinada yana 5 kishi yonib ketgan

«Xalq banki»ning uch nafar xodimi halok bo‘ldi. Boshqa mashinada yana 5 kishi yonib ketgan

2021 yil 6 noyabr kuni AT Xalq banki Nurota tuman filiali boshqaruvchisi Pirmatov Temurmalik (1992 yil), bosh hisobchisi Saidov Muzaffar (1981 yil), Monitoring bo‘limi boshlig‘i Ravshanov Yunusjon (1989 yil) mudhish avtohalokat oqibatida vafot etgan.

Ma’lum qilinishicha, ulardan tashqari boshqa mashinadagi 5 kishi ham yonib ketib, voqea joyida halok bo‘lgan. YTHda jami 8 kishi qurbon bo‘lgan.

«2021 yil 6 noyabr shanba – dam olish kuni bo‘lsa, bank xodimlarini qaysi yumush birlashtirdi ekan. Ular Navoiy shahridan 60 km uzoqlikdagi Nurota filialining mansabdor shaxslari hisoblanadi. Ularning nega katta tezlikda shoshilib ketayotgani sabablari o‘rganilishi kerak deb hisoblaymiz», deyiladi «Bankir kundaligi» xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring