Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmning Gurlan tumanidagi dehqon bozori yonib ketdi

Xorazmning Gurlan tumanidagi dehqon bozori yonib ketdi

1-may kuni Gurlan tuman, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan «Gurlan dehqon bozori» MChJ hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy nashrlarda xabar tarqatilgan. 

Aniqlanishicha, fuqaro J.O.ga tegishli do‘konning tom kismi, do‘konning ichki kismi hamda fuqaro M.I.ga tegishli do‘konning 40 kv.m. maydondagi tom qismi va do‘konning ichki qismi yonib zararlangan.

Yong‘indan hududdagi boshqa do‘konlarning 500 m.kv. qismidagi maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va zarari xozirda ekspertlar tomonidan aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring