Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Antikorrupsiya” muxbiriga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi

“Antikorrupsiya” muxbiriga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudining 2026-yil 20-yanvardagi hukmi bilan 1990-yilda tug‘ilgan E.T. aybli deb topildi.

Sud materiallariga ko‘ra, E.T. muqaddam sudlangan bo‘lib, u “AK XALQPARVAR GURUHI” MChJga qarashli “Antikorrupsiya” OAVda muxbir sifatida ishlab kelgan. U Jinoyat kodeksining bir qator moddalari, jumladan, 139-modda 3-qismi “g” bandi (tuhmat), 140-modda 3-qismi “a” bandi (haqorat qilish), 165-modda 1-qismi (tovlamachilik), 219-modda 1-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish), 227-modda 2-qismi “a” bandi (hujjatlar va davlat raqam belgilarini noqonuniy egallash yoki yashirish) hamda 244-6-modda 1-qismi (yolg‘on axborot tarqatish) bilan nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan.

Sud hukmiga asosan, E.T.ga Jinoyat kodeksining 59 va 61-moddalari tartibida 3 yil 10 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 60 va 61-moddalariga asosan unga ilgari berilgan shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilish qarori bekor qilinib, yakuniy hisobda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Tayinlangan jazo qattiq tartibli koloniyada o‘talishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring