Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hammasi kutilganidek: blogerga nisbatan chiqarilgan sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi

Hammasi kutilganidek: blogerga nisbatan chiqarilgan sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun bloger Otabek Nuritdinovga oid ma’muriy huquqbuzalikka oid ish kassatsiya tartibida ko‘rilishi haqida xabar bergandik. 

Sud majlisida ishtirok etgan «Xabar.uz» manbasi hali Andijon viloyat ma’muriy sudi binosidan chiqib, bizga xabar berishga ulgurmay, Oliy sud mabuot xizmatidan mujda kelsami?!

Qaror o‘qigan sudya hali tomog‘ini ho‘llab ulgurmay u chiqargan sud hujjati haqida Oliy mahkama xabar tarqatmoqda?!

Bunday «tezkorlik» doim ham uchrayvermaydi?! «Qoyil» demay iloj yo‘-o‘q...

Xullas, gap shu: 2019-yil 30-dekabr kuni Andijon viloyat ma’muriy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzaliklar sodir etishda aybdor deb topilib, uzil-kesil 15 sutkaga «kesilgan» bloger Otabek Nuritdinovga nisbatan chiqarilgan sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi.

Kutilgan holat.

Nega?

Birinchidan, O.Nuritdinovga oid ma’muriy ishni viloyat ma’muriy sudi raisi M.Mirzamahmudov shaxsan ko‘rib chiqqanini aytgandik. Oddiy mantiq: bevosita rahbari ko‘rib, tegishli qaror chiqargan «ish»ni  viloyat sudining oddiy sudyasi kassatsiya bosqichida bekor qilishi yoki o‘zgartirishi tasavvurga sig‘masdi.

Ikkinchidan, «sudyalar — mustaqil, faqat qonunga tayanib ish ko‘radi», deb og‘izga urishga shoshmang. Agar rostdan ham (Andijonda) shunday bo‘lganida edi —  viloyat ma’muriy sudining boshqa sudyasi Andijon hokimligi matbuot xizmatining «bloger ishi» bo‘yicha bergan «bayonot»iga «ilova bo‘lib», «delo» hali kassatsiya bosqichida ko‘rilishidan  avval (!)  qabul qilingan sud qarori qonuniy ekanini aytishdan hech yo‘g‘i istihola qilardi!

Yuqoridagi ikkita inkor etib bo‘lmas holat bugungi sud majlisi xo‘jako‘rsinga o‘tkazilganini mantiqan tasdiqlamaydimi?

Demak, «hammasi kutilganidek...» deylayotgani uchun birov bizni aybsitmas...

Darvoqe,kasatsiya instansiya sudining qaroridan norozi bo‘lgan taraflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga nazorat tartibida shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.

Bu endi navbatdagi jarayon.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring