Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda Tesla xatlandi

Jizzaxda Tesla xatlandi

Bank kreditlari aksar hollarda garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmasa, sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki xatlash to‘g‘risida ijro varaqa chiqariladi.

Jizzax tumanlararo Iqtisodiy sudining ATB «O‘zsanoatqurilishbank» foydasiga qarzdor «KST» MChJ  432 mln. so‘m kredit qarzdorlik undiruvi yuzasidan garov mulki hisoblangan «Tesla» avtomashinasini xatlash to‘g‘risidagi ajrimi byuroning Jizzax shahar bo‘limiga 2023 yil 31 may kuni kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atildi. Mazkur ijro ishi doirasida 2023 yil 2 iyun kuni garovda bo‘lgan «Tesla» rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring