Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalla fuqarolar yig‘ini mas’uli 50 000 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlandi

Mahalla fuqarolar yig‘ini mas’uli 50 000 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlandi

Foto: Xabar.uz

U fuqaro Sh.Q.ning Toshkent viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bo‘stonliq tumani “Uzun” MFY mas’uli Sh.A. ushbu mahallada joylashgan fuqaro T.B.ga tegishli bo‘lgan 15 sotix maydonga ega bo‘lgan turarjoy va unga tutash bo‘lgan hokimlik zahirasidagi 1,35 gektar bo‘sh yer maydonini 150 000  AQSh dollari evaziga sotishi va kelgusida kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berishni va’da qilib, kelishilgan pullar hisobidan 50 000 AQSh dollari olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring