Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston prokuratura organlari tizimida ayrim lavozim va boshqarmalar tugatildi

O‘zbekiston prokuratura organlari tizimida ayrim lavozim va boshqarmalar tugatildi

Foto:«Xabar.uz»

Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni  qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida xabar berildi. 

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston prokuratura organlari tizimida quyidagilar tugatildi:

-Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimlarining ikkita shtat birligi;

-Bosh prokuraturaning Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi;

-Bosh prokuraturaning Prezident qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari;

- Bosh prokuraturaning Soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari;

-soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilishga mas’ul Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosarlari, tumanlar (shaharlar) prokurorlarining o‘rinbosarlari va yordamchilari lavozimlari;

-tumanlar (shaharlar) prokurorlarining tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas’ul o‘rinbosarlari hamda katta yordamchilari lavozimlari;

-Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tadbirkorlikni himoya qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring