Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning soliq sohasiga oid farmoni qabul qilindi

Prezidentning soliq sohasiga oid farmoni qabul qilindi

Foto: Xabar.uz

Soliq to‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati yaxshilanadi. 

«Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–95-son, 19.05.2026-y.) qabul qilindi.

Quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi:

- 2030-yilga qadar Jahon bankining «Business ready» reytingida soliq yo‘nalishi bo‘yicha birinchi darajaga chiqish;

- soliq xizmatlari sifatini yaxshilash va soliq to‘lovchilarning soliq organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash.

2026-yil 1-iyuldan:

- tekshiruvdan oldingi tahlil doirasida aniqlangan tafovutlar bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki asoslovchi hujjatlarni taqdim etish majburiyati bekor qilinadi;

- soliq xavfi o‘rta bo‘lgan soliq to‘lovchilarga aniqlangan xavflar to‘g‘risida xabarnoma yuborish tizimi joriy etiladi. Bunda aniqlangan kamchiliklar 1 oy ichida bartaraf etilgan taqdirda, soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi;

-yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga ularning ixtiyoriga ko‘ra dastlabki 6 oy davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborish xizmati «Soliq-servis» AJ tomonidan bepul amalga oshiriladi.

2026-yil 1-avgustdan soliq organlarining mijozlarga yo‘naltirilganlik indeksi joriy etiladi. Bunda soliq to‘lovchilar tomonidan:

- soliq xizmatlaridan foydalanish imkoniyati va qulayligi, shuningdek, soliq organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini;

- soliq majburiyatlarini bajarish uchun sarflanadigan vaqt hamda soliq organlarining soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro hamkorligi darajasini baholash imkoniyati yaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring