Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudya 12 ming AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

Sudya 12 ming AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi

2018-yil 11-dekabr kuni fuqaro M.E. Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilib, unda fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi Z.I. turar-joyga nisbatan mulk huquqini belgilash bo‘yicha nizoli masalani hal qilishi evaziga 12 ming AQSh dollarini pora tariqasida talab qilayotganligini bayon qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, mazkur murojaatga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, sudya Z.I. fuqaro M.A.ning Urganch tumanida joylashgan turar-joyiga nisbatan mulk huquqini belgilash bo‘yicha nizoli masalani rahbarlar bilan gaplashib, uning foydasiga hal qilib berish evaziga uning ishonchli vakili A.E.dan 12 ming AQSh dollari olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.

O‘tkazilgan tadbir yuzasidan to‘plangan hujjatlar asosida 2018-yil 14-dekabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi Z.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunining 70-moddasiga muvofiq holda, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring