Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BAA O‘zbekistondan tuxum, parranda va quyon go‘shtini sotib oladi

BAA O‘zbekistondan tuxum, parranda va quyon go‘shtini sotib oladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston BAAga chorvachilik mahsulotlari, jumladan inkubatsion tuxum, bir kunlik jo‘jalar, iste’mol tuxumi, parranda go‘shti va quyon go‘shtini eksport qilishni boshlaydi. Birlashgan Arab Amirliklarining Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit vazirligi bu bo‘yicha besh turdagi veterinariya-sanitariya sertifikati namunalari ikki tomonlama kelishib olinganini tasdiqladi.

Kelishuv O‘zbekiston mahsulotlariga BAA bozoriga rasmiy yo‘l ochib beradi hamda ikki davlat o‘rtasida chorvachilik mahsulotlari savdosini kengaytirish va o‘zaro tovar aylanmasini oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratadi.

Veterinariya-sanitariya sertifikati mahsulotning import qiluvchi mamlakat sanitariya talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi va ikki tomonlama kelishilgan namunaning mavjudligi tovarning BAA bojxonasidan o‘tishi uchun majburiy shart hisoblanadi.

Avvalroq O‘zbekiston Mo‘g‘uliston konlarini o‘zlashtirishni boshlagani haqida xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring