Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amir Temur siymosi, Dehqonobod mojarosi, soliq konsepsiyasining oylikka ta’siri, aholi soni oshgan O‘zbekiston va boshqa xabarlar

Amir Temur siymosi, Dehqonobod mojarosi, soliq konsepsiyasining oylikka ta’siri, aholi soni oshgan O‘zbekiston va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 9-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Fransiya prezidentining sohibqiron yurtini ko‘rish orzusi

Fransua Mitteran o‘limi yaqin ekanligini bilar edi. Ikki yildan ozroq umri qolgan bir paytda u Samarqandni ko‘rishni xohlardi. Shu sababli respublika prezidentining orzusidagi sayohatni amalga oshirish uchun safar «davlat tashrifi»ga aylantirildi. 1994 yil aprelning oxirlarida Fransua Mitteran O‘zbekistonga uchib keldi.

Jamiyat

Nikohdan ajratish jarayoniga o‘zgartirish kiritildi

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 107-bandiga qo‘shimcha kiritish haqidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Kaliy zavodidagi yirik mojaro: kim aybdor — rus kompaniyasimi, MIBmi yoki 3 yildan beri maosh olmayotgan oddiy ishchilar?

O‘z yurtida mehnati yo‘qqa chiqsa, haqini ololmasa, kishiga qattiq alam qiladi. Buni unutish, kechib ketish, qo‘l siltab yuborish juda qiyin. Rossiyaning «ZUMK injiniring» kompaniyasiga yollanib, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi shaxtasida ishlagan besh yuzdan ortiq ishchi ham hozir ayni shu holatda.

Fotogalereya. Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘yildi

Bugun, 9-aprel kuni buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludi keng nishonlanmoqda. Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida buyuk sarkarda haykalining poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Fotoreportaj. Xo‘jailg‘orda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan megafestival

U yerda Qashqadaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi hamkorligida Xalqaro press-klubning «Xo‘ja ilg‘or qayta kashf qilingan tarix — yangi sayyohlik yo‘nalishi» mavzuida sayyor sessiyasi tashkil etildi.

Imom Buxoriyga kelgan ziyoratchilardan qancha tushum tushdi?

Keyingi paytda ijtimoiy tarmoqlarda sayyohlarning Imom Buxoriy majmuasiga kirishi uchun haq undirilayotgani haqida ma’lumotlar tarqalib, bu borada turli fikrlar bildirildi.

Ayrim «PAYNET» shoxobchalari yana «xizmat haqi» ola boshladi

Shu kunlarda Toshkentning ayrim hududlaridagi «PAYNET» shoxobchalari mijozlardan yana «xizmat haqi» foizini ola boshladi.

Bosh prokurorga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-apreldagi PF-5403-son Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga o‘rinbosar tayinlandi.

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lganlar jasadi Jizzaxga olib kelindi

2018-yilning 4-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Stavropol o‘lkasida yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston Respublikasining 4 nafar fuqarosi halok bo‘lgan edi.

Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi rahbariyatida tayinlov

Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi Prezidentning 2018-yil 23-fevraldagi qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi respublikada xorijiy texnologiya asosida mahalliy kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish, hosildorligi yuqori bo‘lgan kartoshka ko‘chatlarini yetishtirishni tashkil etish hisoblanadi.

O‘zbekiston aholisining soni oshdi

Hududlar kesimida aholining eng yuqori o‘sish sur’ati 2017-yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida 2,1 %ga, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida 1,9 %ga, Jizzax, Namangan viloyatlarida va Toshkent shahrida 1,8 %ga, aksincha eng kam o‘sish sur’ati Toshkent viloyatida 1,1 %ni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Buxoro viloyatida 1,4 %ni tashkil etdi.

Ta’lim

Qaysi hudud yoshlari ko‘proq o‘qishga kirmoqdalar?

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning soni hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng katta ko‘rsatkich Samarqand viloyati (7707), Qashqadaryo viloyati (7047), Farg‘ona viloyati (6704) va Toshkent shahri (6414)da qayd etilganligini ko‘rish mumkin. Ammo...

Maslahat

Farzand bilan birga dars qilish kerakmi?

Ko‘pchilik ota-onalar maktabga borayotgan bolalari bilan birga uy vazifalarini bajarishadi. Bu ko‘rsatkich Rossiyada 78% bo‘lsa, Buyuk Britaniyada 11% ni tashkil etadi. Mamlakatimizda esa bu ko‘rsatkich 80-90% ni tashkil etsa, ajab emas.

Huquq

Uy oldi-sotdisida fuqarolarning kommunal xizmatlardan qarzi yo‘qligi haqida ma’lumot olish to‘xtatiladi

«Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida Hukumat qarori qabul qilindi.

Sudlanuvchilarni qiynoqqa solganlar uchun jazo belgilandi

JKning 235-moddasiga tuzatishlar kiritilgunga qadar unda qator rasmiy to‘siqlar mavjud bo‘lib, ular bir qancha hollarda qiynoqqa solishda sherik bo‘lgan shaxslarni ayni mazkur modda bo‘yicha javobgarlikka tortish imkonini bermas edi. Endilikda cheklovlar bartaraf etildi.

Tergov natijalari va dalillarni soxtalashtirganlar ham jazolanadi

O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritildi.

Iqtisodiyot

Sherzod Shermatov: «O‘zbekistonda fanga ajratilgan mablag‘ dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 11 barobar past»

O‘zbekistonda ilmiy izlanishlarga ajratilayotgan mablag‘larning Yalpi ichki mahsulotdagi (YaIM) ulushi atigi 0,2 foiz, bu esa dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 11 barobar, Koreya Respublikasinikidan 22 barobar kamdir.

Dollar kursi yana tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 10-apreldan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Infografika

Infografika. Erkak va ayollarning qaysi xususiyatlari qadrlanadi?

Erkaklardagi eng muhim xususiyat — aql, ayollardagi esa oilaparvarlik. 25 yil davomida ishonchlilik qadrlanar edi, hozir esa ish qobiliyatining yuqoriligi ko‘proq qadrlanmoqda. 1600 nafar kishi o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazgan «Levada-sentr» tashkiloti mazkur xulosaga keldi. 1993-2018-yilgi fikr-mulohazalar bilan tanishing.

Sport

Yaponiya terma jamoasi jahon chempionatiga ikki oy qolganda bosh murabbiyni iste’foga chiqardi

Bundan tashqari, futbolchilarning bir qismi Halilxodjichning mashg‘ulotlar uslubidan norozi bo‘lgan.

Texnologiya

Prezident borgan AKT-maktab qanday sharoitlarga ega bo‘ladi?

O‘quv jarayonlari esa yangi yondashuvdan kelib chiqib tashkil qilinadi. Zamonaviy o‘quv dasturlari ta’lim sohasida etakchi bo‘lgan Shvetsiya, Finlyandiya, Avstraliya va boshqa mamlakatlar tajribasi asosida shakllantiriladi.

Prezident topshirig‘idagi «Mening fikrim» portali 20 aprelda ishga tushiriladi

«Mening fikrim» portali davlat rahbari g‘oyasi bo‘yicha qonun loyihalarini muhokama qilish jarayonida xalq deputatlari va fuqarolar, aholi tomonidan bildirilgan taklif va ko‘rsatmalardan keng foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.

Dunyo

Armaniston bugundan parlament boshqaruviga o‘tadi

Eslatib o‘tamiz, 2015-yil o‘tkazilgan referendumga ko‘ra, Prezident inauguratsiyasidan keyin mamlakatda parlament boshqaruvi amal qilishi kuchga kiradi. Yangi bosh vazir saylovi 17-aprel kuniga belgilangan.

Argentinada aviahalokat natijasida 5 kishi halok bo‘ldi

Mamlakat aviahodisalarni tadqiq qilish kengashi ma’lumotiga ko‘ra, halokat natijasida besh kishi hayotdan ko‘z yumgan. «Voqea joyiga mutaxassislar jo‘natilgan», deyiladi ma’lumotda.

Pxenyan AQSh bilan KXDRning yadro dasturiga oid muzokara o‘tkazishga tayyor

Pxenyan AQSh bilan o‘zining yadro dasturiga oid muzokaralarni o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. «Assoshieyted Press» xabariga ko‘ra, bu ikki davlat rahbari uchrashuviga oid Shimoliy Koreyaning ilk bayonoti bo‘lib, shu paytgacha shimolliklar faqat Janubiy Koreya vositachiligida muloqot kirishishgan.

Tavsiya qilamiz

Chegara qonunlari qon bilan yozilgan(mi?)

7-aprel kuni ertalabki 7:30 lar atrofida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Mamay qishlog‘i yaqinida o‘zbek chegarachilari davlat chegarasini buzib o‘tgan Qirg‘iziston fuqarosiga qarata o‘q uzdi. Undan avval esa to‘xtash haqida buyruq berilgan, havoga qarata o‘q uzilgan.Bu harakatlar hazil yoki ermak uchun qilinmaydi.

Aroqxo‘rlik bor ekan, jinoyatlar bo‘laveradi!

Otasini vahshiylarcha o‘ldirgan qotil o‘g‘il ilgaritdan kallakesar bo‘lmagan, otasini doimo kaltaklab yurmagan, tug‘ma manqurt, odamxo‘r bo‘lmagan, bu qotillikni aroq ta’sirida qanday qilib amalga oshirganini bilmay qolgan.

Oyligingiz kamaymaydi. Yangi soliq tizimi maoshga ijobiy ta’sir qiladi

«Amalga oshirilayotgan har qanday islohotlar munozaralar uchun ochiq bo‘lgani yaxshi», — deb boshlagan ekan muhtaram muallif. Maqola oxirida keltirilgan «Lo‘nda qilib aytganda, oyligi past bo‘lganlar yutqazayapti, ko‘p bo‘lganlar yutayapti» degan xulosa noo‘rinligini qayd etmoqchiman.

Amir Temur lashkarlari orasida ayollar ham bo‘lgan

Amir Temur o‘lkaning goh u ­joyida, goh bu joyida dushmanga qarshi kurashib, ko‘p jafolarni ko‘rdi. Hatto u bir necha bor halokat yoqasiga kelib qoldi. Shunga qaramay, ozodlik g‘oyalaridan bir qadam ham chekinmadi.

Taklif etilayotgan soliq konsepsiyasi amaldagi soliq tizimidan nimasi bilan farqli?

Amaldagi soliq tizimida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarining aylanma mablag‘laridan belgilangan stavka bo‘yicha yagona soliq to‘lovi (asosiy stavkasi 5 foiz) hamda budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga 3,2 foiz soliq to‘lagan bo‘lsa, endilikda faqatgina olgan daromadlaridan soliq to‘lash tartibi joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring