Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda giyohvand moddalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh ushlandi

Andijonda giyohvand moddalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh ushlandi

Videodan kadr.

Qirg‘izistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. 

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1984–1991-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 6 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, qirg‘izistonlik narkosavdogardan 2 kg “gashish” moddasini 15.000 AQSh dollariga sotib olishga kelishishadi va ushbu maqsadda 1950 AQSh dollarini boshlang‘ich badal sifatida unga yetkazib berishadi.

O‘z navbatida Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi giyohvandlik vositasini o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasidan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazib, Xonobod shahridagi xufiya joyda qoldiradi.

Qo‘rg‘ontepalik og‘ufurushlardan biri esa ushbu zahri qotilni olib, o‘zining avtomashinasida Xonobod-Qo‘rg‘ontepa yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, jinoiy guruhning qolgan 5 nafar a’zosi ham protsessual tartibda qo‘lga olindi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu “gashish” giyohvandlik vositasining sof og‘irligi 1 kg 954 gr.ni tashkil qildi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring