Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Axborot xizmatlari rahbarlarining ish samaradorligini baholash tartibi belgilanyapti

Axborot xizmatlari rahbarlarining ish samaradorligini baholash tartibi belgilanyapti

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibini belgilashga doir hujjat loyihasini tayyorladi.

Hujjat loyihasi bilan davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod qilishni Markaz orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti bilan kelishish, Markaz tomonidan davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini bevosita attestatsiyadan o‘tkazish va ish samaradorligini baholash (mezonga asosan reyting tuzish) tartibi belgilab berilmoqda.

Xususan, respublika va hududiy darajadagi farqlar, nomzodlar hujjatlari, suhbat, komissiya, attestatsiya guvohnomasi, baholash mezonlari (press-tadbirlar, onlayn efirlar, tezkorlik va boshqalar) kabi masalalar batafsil tartibga solinmoqda.

Axborot xizmati rahbarlari Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazida har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi. Ular ishlayotgan tashkiloti tomonidan boshqa turdagi attestatsiyalardan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qayd etilishicha, har yili 20 yanvarga qadar e’lon qilinadigan 100 ballik ochiq reyting tufayli «eng yopiq», «eng sekin» va «eng passiv» axborot xizmatlari hammaga ko‘rinib turadi, bu esa rahbarlarni doimiy faollikka majbur qiladi.Tanqidiy materiallarga javob berish madaniyati shakllanadi. Tanqid chiqqandan keyin 3–6 soat ichida izoh bermaslik reytingda katta ball yo‘qotishga olib kelgani uchun axborot xizmatlari «jim turish» odatidan voz kechishga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari attestatsiya natijasida xodimlarning malakasi oshib boradi.

Bu orqali davlat organlarining ochiqligi, tezkorligi va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi sezilarli darajada yaxshilanishi ta’kidlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring