Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobod shahriga ham vaqtinchalik hokim qo‘yildi

Bekobod shahriga ham vaqtinchalik hokim qo‘yildi

Bekobod shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Behzod Mirzaqulov zimmasiga yuklatilgan.

Shaharning avvalgi hokimi Zafar Fayzullayev o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Bu haqdagi qaror bugun, 14 may kuni Toshkent viloyati hokimi v.b. Zoyir Mirzayev tomonidan imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, sobiq hokim Zafar Fayzullayev 12 may kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ishdan bo‘shayotganini e’lon qilgan va o‘sha kuni ariza yozgan.

Avvalroq, Angren shahriga hokimning o‘rinbosari Jasurbek Zayniddinov vaqtincha tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring