Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘llanma: Blogerlar chempionatida qanday ishtirok etish mumkin?

Qo‘llanma: Blogerlar chempionatida qanday ishtirok etish mumkin?

Foto: «Xabar.uz»

Yurtdoshlarimizdan kelib tushayotgan ko‘plab savol va murojaatlardan kelib chiqib, 2018 yilning 12 aprel kuni start olgan Blogerlar chempionatida qanday ishtirok etish, xususan, matnli blogpostlar, video, audio va fotobloglarni chempionat bo‘lib o‘tayotgan platformaga joylash bo‘yicha yo‘riqnoma (qo‘llanma) ishlab chiqdik.

Ushbu yo‘riqnomada Blogerlar chempionatida qatnashish tartibi skrinshotlar misolida qadam-baqadam tushuntirib beriladi. Demak, boshladik!

Eng avvalo, «Ishtirok etish» yoki «Blogpost yuborish» deb nomlangan tugmalardan birini bosing! 
«Ishtirok etish» yoki «Blogpost yuborish» deb nomlangan tugmalar bosilganda, yuqoridagi oyna ochiladi. Blogerlar chempionatiga ijodiy ishingizni yuborishingiz, bloger yoki oddiy o‘quvchi sifatida ishtirokchilarning ishlarini baholashingiz uchun albatta ro‘yxatdan o‘tishingiz shart. Buning uchun «Facebook» yoki «Twitter» orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz, ijtimoiy tarmoqlarda hisobingiz bo‘lmasa, «Ro‘yxatdan o‘tish» tugmasini bosib, belgilangan katakchalarni to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak!      
Ro‘yxatdan o‘tilgach, mazkur oyna ochiladi. 
Bu yerda Siz matnli, video, audio va fotoblogingizga tanlagan sarlavhangizni, uning qisqacha mazmunini, blogpost matnini kiritishingiz talab etiladi.
Matnli blogpostni taqdim etish tartibi.
Blogpost matnini belgilab olib, uning shaklini, shriftini, harflarning hajmini o‘zgartirish yoki ajratib ko‘rsatish mumkin.   
Blogpostning bir qismini iqtibos sifatida ajratish uchun qo‘shtirnoq belgisi bosilsa, kifoya. 
Blogpost matni tegishli joyga joylangach, joyga joylangach, blogpost manzilini kiritib qo‘yishlari kerak. Bu majburiy emas, blogi yo‘qlar mazkur katakni bo‘sh qoldirishlari mumkin. Ammo o‘z blog manzilini ko‘rsatgan blogerning yuqoriroq baho olishga imkoni bo‘ladi, chunki hakamlar baho qo‘yishda ishtirokchining qanchadan buyon blog yuritayotganiniyam inobatga olishadi. So‘ngra Chempionat qoidalari bilan tanishganingizni tasdiqlab belgi qo‘yasiz va blogpostni yuborasiz! 

Sizda: «Matnli blopostlarni joylashni-ku, tushundik, ammo foto, video va audiobloglarni qanday taqdim etish mumkin?», — degan savol tug‘ilgan bo‘lishi tabiiy. Quyida keltiriladigan skrinshot va izohlarda bu savolingizga batafsil javob beriladi:

Video, audio va fotobloglar matnli blogpostlar bilan bir xil tarzda saytga joylanadi. Buning uchun «Ishtirok etish» yoki «Blogpost yuborish» deb nomlangan tugmalardan biri bosiladi.
«Ishtirok etish» yoki «Blogpost yuborish» deb nomlangan tugmalardan biri bosilganda yuqoridagi oyna ochiladi. «Blogpostning to‘liq matnini kiriting» degan yozuvning ustiga bosiladi.
«+» (plyus) belgisining ustiga bosilganda, foto va videoning belgisi (ikonkasi) paydo bo‘ladi. Fotoblogerlar o‘z ishlarini yuborish uchun fotobelgining, video va audioblogerlar esa videobelgining ustiga bosishlari lozim. 

 

Fotobelgi bosilganda yangi oyna ochilib, fotofayllar qayerda turgani so‘raladi, ularni tanlab, bemalol yuklashingiz mumkin.      
Videobelgi bosilganda, skrinshotdagi yozuv paydo bo‘ladi. Video va audiofayllar avval boshqa platformaga joylanib, saytga havolasi qo‘yiladi.    
Video va audiofayllarni taqdim etish tartibi.
Shundan so‘ng «Blogpostni yuborish» tugmasi bosiladi.

Agar qo‘yilgan video yoki audio havolalar to‘g‘ri bo‘lsa material quyidagi ko‘rinishda ko‘rsatiladi:

Eslatib o‘tamiz, chempionat uch bosqichda bo‘lib o‘tadi. Bugun start olgan birinchi bosqich 30 aprelda yakuniga yetsa, ikkinchi bosqich 8–22-may, final bosqichi esa 28 may - 6 iyun oralig‘ida o‘tkaziladi. Chempionat natijalari 10 iyunda e’lon qilinsa, g‘olib va sovrindorlar 14 iyun — Xalqaro blogerlar kunida tantanali ravishda taqdirlanadi. Asosiy mukofotlardan tashqari o‘ndan ziyod nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring