Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuror Qibrayga tuhfa bilan bordi

Bosh prokuror Qibrayga tuhfa bilan bordi

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Qibray tumanidagi ko‘zi ojizlar kutubxonasiga tashrif buyurib, bu yerda yosh kitobxonlar bilan muloqot qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu kutubxona mahalliy yoshlarning sevimli maskaniga aylangan. Bu yerda 3.000 ga yaqin badiiy adabiyotlar, 200 ga yaqin brayil yozuvidagi kitoblar mavjud.

Yoshlar bilan kechgan suhbat chog‘ida, shijoatga to‘lgan yoshlar kitobga mehr berganligi, kelajakdagi orzularini bayon qilib, sevimli shoirlarining she’rlaridan parchalar o‘qib berdi.

Bosh prokuror kutubxonada yoshlarga esdalik sovg‘alarini taqdim qilib, kutubxona fondi uchun badiiy adabiyotlar to‘plamlarini tuhfa qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring