Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ezidyor» egasiga «Versal» to‘yxonasi berilishi haqidagi xabar rad etildi

«Ezidyor» egasiga «Versal» to‘yxonasi berilishi haqidagi xabar rad etildi

Foto: «Wedding-day.uz»

2018-yil 17-iyun kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan «Ezidyor» to‘yxonasini buzish ishlari boshlangani haqida xabar bergan edik.

«Tashkent city» qurilishi rejalashtirilgan hududda joylashgan «Ezidyor» va Shayxontohur ko‘chasidagi «Mumtoz» tantanalar zali buzilishi haqida avval xabar bergan edik.

Toshkent shahar hokimiyati vakilining ma’lum qilishicha, «Ezidyor» to‘yxonasi egasiga «Versal», «Mumtoz» to‘yxonasi rahbariyatiga mulklarining buzilishi tufayli Toshkent shahar hokimiyati balansida bo‘lgan «Sayohat» restorani berilishi ma’lum qilingandi.

Biz ushbu xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar binolardan foydalanish departamenti bilan bog‘landik. U yerdan ma’lum qilishlaricha, hozir «Tashkent city» quriladigan hudud atrofidagi barcha binolar o‘z egalarining roziligi olingan holda buzib tashlanmoqda.

— «Ezidyor» to‘yxonasi egasiga «Versal» to‘yxonasi berilishi haqidagi xabarlar yolg‘on. «Versal» emas, «Sayohat» restorani topshiriladi. «Mumtoz» tantanalar zali qachon buzilishi hozircha aniq emas, — deydi departament xodimi.

Shuningdek, «Ezidyor» to‘yxonasi atrofidagi buzilayotgan ob’yektlar egalariga Toshkent shahri, Taraqqiyot ko‘chasi bo‘yidan 1-1,5 gektargacha yer berilishi ham ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring