Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi ushlandi
Sud boshqaruvchisi yordamchisining noqonuniy harakati fosh bo‘ldi.
Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida faoliyati to‘xtatilgan mineral o‘g‘itlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqarish kooperativiga (IChK) biriktirilgan sud boshqaruvchisi yordamchisi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MChJning mazkur IChKdagi 1 mlrd 502 mln so‘m miqdoridagi haqidan 300 mln so‘mini undirib berish evaziga 4 ming AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u 48 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter