Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

"Krokus"dagi terakt bo‘yicha sud: sudlanuvchilarning hech biri o‘z aybini to‘liq tan olmagan

2024 yil mart oyida sodir bo‘lgan fojia oqibatida 149 nafar fuqaro halok bo‘lgandi.

Rossiyaning 2-G‘arbiy okrug harbiy sudida bo‘lib o‘tayotgan sud muhokamalarida davlat ayblovchilari sudlanuvchilarning, jumladan, "Krokus Siti Xoll" konsert zalida sodir etilgan terrorchilik harakatining to‘rt nafar bevosita ijrochisining aybi ish materiallari bilan to‘liq tasdiqlanganini ma’lum qildi.

Jabrlanuvchi tomon manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Lyudmila Ayvar TASS agentligiga tegishli ma’lumotni taqdim etgan.

"Davlat ayblovi tomonlarning muhokamalari davomida sudlanuvchilarning aybi isbotlanganini tasdiqladi. Prokurorning pozitsiyasiga ko‘ra, sud majlisi yakunida ularning hech biri o‘z aybini to‘liq tan olmagan bo‘lsa-da, sudlanuvchilarning jinoyat sodir etishda aybdorligi to‘plangan dalillar bilan isbotlangan", - deya izohladi huquqshunos.

Lyudmila Ayvar yopiq tarzda o‘tayotgan majlisda tanaffus e’lon qilinganini, muhokamalar kunning ikkinchi yarmida davom ettirilishini ma’lum qildi.

Jabrlanuvchilarning himoyachisi 19 nafar ayblanuvchi uchun eng og‘ir jazoni talab qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring