Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fitr sadaqasi berishni unutmang, Hayit namozigacha vaqtingiz bor!

Fitr sadaqasi berishni unutmang, Hayit namozigacha vaqtingiz bor!

Fatvo markazi tomonidan 2023 yil uchun zakot, fitr sadaqasi, fidya miqdorlari quyidagicha belgilangan edi.

ZAKOT NISOBI – 35 700 000 (o‘ttiz besh million yetti yuz ming) so‘m deb belgilangan.

Shunga ko‘ra, zaruriy ehtiyojidan tashqari bir yil davomida 35 700 000 (o‘ttiz besh million yetti yuz ming) so‘m va undan ortiq pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moliga ega bo‘lgan musulmon kishi, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5%)ni ajratib, uni zakot niyatida kambag‘al va faqirlarga beradi.

FITR SADAQASI VA FIDYa MIQDORI

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab quyidagi to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasi va fidyani bersa bo‘ladi.

  • bug‘doydan – 2 kg. 12 000 (o‘n ikki ming) so‘m;
  • arpadan – 4 kg. 20 000 (yigirma ming) so‘m;
  • mayizdan – 2 kg. 100 000 (yuz ming) so‘m;
  • xurmodan – 4 kg. 180 000 (bir yuz sakson ming) so‘m deb belgilangan.

Eslatma: Mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring