Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zakot, fitr sadaqa va fidya miqdorlari belgilandi

Zakot, fitr sadaqa va fidya miqdorlari belgilandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2024 / hijriy 1445 yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori bo‘yicha qarorlari qabul qilindi. Unga ko‘ra:

Ramazon oyi uchun tillo qiymatidan zakot nisobi 40.000.000 (qirq million) so‘m etib belgilandi.

Demak, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 40 000 000 (qirq million) so‘m va undan ortiq pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.

Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

bug‘doydan – 14 000 (o‘n to‘rt ming) so‘m;
arpadan – 20 000 (yigirma ming) so‘m;
mayizdan – 110 000 (bir yuz o‘n ming) so‘m;
xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) so‘m deb belgilandi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berishi mumkin bo‘ladi.

Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi kifoya qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring