Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

General-mayor G‘ofur Rahimov olamdan o‘tdi

General-mayor G‘ofur Rahimov olamdan o‘tdi

Foto: «iiv.uz»

2018-yilning 19-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi general-mayor G‘ofur Rahimovich Rahimov 89 yoshida olamdan o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, shaxsiy tarkibi va Faxriylar kengashi nomidan iste’fodagi general-mayor G‘ofur Raximovich Raximovning vafot etganligi munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qilingani haqida «Xalq so‘zi» gazetasida chop etildi.

Ichki ishlar organlarida 1949-yildan xizmat faoliyatini boshlagan G‘ofur Rahimov nafaqat tezkor xizmatning malakali, kuchli xodimi, balki jamoat arbobi sifatida ham xalqqa tanildi. U xizmat davomida, ayniqsa Andijon, Buxoro viloyatlari Ichki ishlar boshqarmalari boshlig‘i, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan vaqtida ko‘plab shogirdlar tayyorladi. Bugungi kunda ular respublika ichki ishlar organlarining turli sohalarida rahbarlik lavozimlarida fidoyi xizmat qilib kelmoqdalar.

Iste’fodagi general-mayor G‘ofur Rahimovich Rahimovning siymosi hamisha yodimizda saqlanib qoladi. O‘tganlarning oxirati obod, joyi jannatda, ruhi shod bo‘lsin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va
 ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring