Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan eng keksa odam vafot etdi

Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan eng keksa odam vafot etdi

Foto: «City Government of Kabankalan/Facebook»

Sayyoramizning eng keksa odami Fransiska Susano 124 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Uzoq umr ko‘ruvchi dushanbaga o‘tar kechasi vafot etgan. Bu haqda Kabankalan shahar ma’muriyati Facebook orqali xabar berdi.

«Sevimli Fransiska Susano vafot etgani haqidagi xabarni yuragimizda qayg‘u bilan qabul qildik. U hamisha bizning ilhomimiz va faxrimiz bo‘lib qoladi», — deyiladi xabarda.

O‘lim sababi aniqlanmagan. Mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasi pensionerda virusli kasallik alomatlari yo‘qligini ma’lum qildi.

Shahar ma’muriyatining ta’kidlashicha, marhumning sayyoradagi eng keksa odam maqomi Ginnessning rekordlar kitobi tomonidan rasman tasdiqlangan.

Filippinning Kabankalan shahrida istiqomat qilgan Susano 1897 yil 11 sentyabrda dunyo kelgandi.

O‘tgan yili 122 yoshli ayolning uzoq umr sirlari bilan o‘rtoqlashgani tasvirlangan videoni havola qilgandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring