Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV va Milliy gvardiya zimmasiga yangi vazifalar yuklandi

IIV va Milliy gvardiya zimmasiga yangi vazifalar yuklandi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingani haqida xabar bergandik.

Farmon bilan 2022-2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Strategiya mamlakatda jamoat xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha huquqiy, uslubiy, ilmiy, tashkiliy choralarni ishlab chiqish va samarali amalga oshirishni o‘z ichiga olgan.

Strategiyada 6 ta istiqbolli yo‘nalish bo‘yicha 96 ta sohaviy tadbirlar, uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»da esa 30 ta aniq choralar nazarda tutilmoqda.

Choralar jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni oldini olish, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini ta’minlash, sohani raqamlashtirish, sog‘liqni saqlash va mahallabay ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan.

Strategiyada belgilangan chora-tadbirlarning samarali bajarilishini tashkil etish uchun ichki ishlar vaziri shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti esa Strategiyada belgilangan vazifalarning sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida Milliy gvardiya va boshqa mutasaddi idoralar bilan birgalikda har yili qo‘shma dastur va «yo‘l xarita»larini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi va ularning ijrosini muvofiqlashtiradi.

Strategiya jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Unda belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida fuqarolarning huquqlari va erkinliklarining qonunga xilof tajovuzlardan himoyalanganlik holati sifat jihatidan yuqori darajaga ko‘tariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring