Jamoatchilik fikri so‘rovi: Sea Breeze Uzbekistan eng kutilayotgan developerlik loyihasi deb topildi

Jamoatchilik fikrini o‘rganishga ixtisoslashgan «O‘zbekistonda jamoatchilik fikri» onlayn-resursi Telegram’da eng kutilayotgan developerlik loyihasini aniqlash maqsadida ochiq so‘rovnoma o‘tkazdi.
100 mingdan ziyod foydalanuvchi ishtirok etgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, Sea Breeze Uzbekistan loyihasi 52 foiz ovoz bilan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Chorsu by MANAR va C1 loyihalari mos ravishda 20% va 11% ovoz bilan ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi. Qolgan yettita loyiha 10 foizdan kamroq natija ko‘rsatdi.
«O‘zbekistonda jamoatchilik fikri» loyihasi asoschisi Timur Bakiyev xalq ovoz berishi natijalarini shunday sharhladi: «100 mingdan ortiq ovoz shunchaki raqam emas, balki jamiyat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi mezondir. Sea Breeze natijasi yurtimizda zamonaviy dam olish maskanlarini rivojlantirishga bo‘lgan ommaviy qiziqishdan dalolat beradi. Odamlar O‘zbekistonni chet elga chiqmasdan turib maroqli dam olish mumkin bo‘lgan joy sifatida ko‘rishni istaydilar».
Ovoz berish jarayonida muhim asos bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 1 avgustdagi 490-sonli qarori xizmat qildi. Mazkur qaror Sea Breeze Uzbekistan loyihasini amalga oshirish parametrlarini rasman tasdiqladi va investorga nisbatan qat’iy talablarni belgiladi.
Xususan, hujjat Chorvoq suv omboriga har qanday oqova suvlarni oqizishni taqiqlaydi, investorga barcha oqova suv tizimlarini Chirchiq shahridagi tozalash inshootlariga ulash majburiyatini yuklaydi. Shuningdek, qaror loyiha qurilishi boshlanishidan oldin to‘liq ekologik ekspertizadan o‘tkazilishini talab qiladi. Bunda Bosh prokuratura, DXX, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralarning ishtirokini o‘z ichiga olgan ko‘p bosqichli davlat nazorati o‘rnatiladi.
Shunday qilib, Sea Breeze Uzbekistan loyihasi fuqarolik jamiyatining qo‘llab-quvvatlashi va e’tibori ostida, qat’iy ekologik, huquqiy va infratuzilmaviy tartibga solish shartlari asosida amalga oshiriladigan mamlakatdagi birinchi shunday miqyosdagi developerlik loyihasiga aylanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter