Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzax viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Jizzax viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Jizzax viloyati hokimligi.

Jizzax viloyati hokimiga investitsiya va eksport yo‘nalishida yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jizzax viloyati hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. 

Prezidentning 2025-yil 2-dekabrdagi viloyatga tashrifida investitsiya va eksport yo‘nalishlarida yangi tizim joriy qilish topshirig‘i berilgan edi. Topshiriqqa muvofiq, viloyat hokimligining yangi tashkiliy tuzilmasiga ko‘ra: 

- Yusupov Bahrom Muzaffarovich - Jizzax viloyati hokimining tog‘li hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 

- Egamov Bekzod Abduvaliyevich - Jizzax viloyati hokimining dasht va cho‘l hududlarda sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring